Barkamol avlod bolalar Maktabi O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanadi, o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim-tarbiya berishga mo‘ljallangan.

1- bob. Maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
1.Maktab faoliyatining asosiy maqsadi - yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, ulg’ayib kelayotgan yoshlar iqtidorini yanada rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, pirovardida intellektual barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.
2. Maktabning asosiy vazifalari:
- yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini ta’minlash, bunda ularning robototexnika, mexatronika, injenerlik, mental arifmetika, san’at, art dizayn, axborot texnologiyalari bo’yicha Java, Scratch, 3D dizayn yo‘nalishlariga bo’lgan qiziqishini oshirish;
- Maktablarda “STEAM - ta’lim” (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - muhandislik, Art - san’at, Mathematics - matematika) dasturini joriy etish va to‘garaklar mazmuniga singdirish;
- beshta muhim tashabbus doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalariga qiziqishini oshirish, o‘quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha umumta’lim tashkilotlariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish
- bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish, mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va ko‘nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;
- o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, targ‘ib qilish hamda sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini “Art shop” elektron do‘konlari orqali dunyo bozoriga olib chiqish;
- O‘quvchilarda jonajon o‘lka tarixi, arxeologik va boy madaniy merosini chuqur o‘rgatish, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olishlariga imkon yaratish hamda bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
- xorijiy tillarni o‘rgatish orqali intellektual yoshlar safini kengaytirish, rivojlangan davlatlar tajribasini ocrganishga imkon yaratish;
- o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportning ayrim yo‘nalishlariga qiziqishlarini oshirish;
- maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning yangi shakllarini keng joriy etish;
- bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
- to'garak rahbarlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha istiqbol rejalarini ishlab chiqish va tegishli takliflarni kiritish;
- bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida Maktablarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarini amalga oshirish.